Karvon Ai — kompyuteringizda
Barcha AI modellar, Agent va internetsiz Lokal rejim — bitta ilovada.
Ilova hali raqamli imzoga ega emas, shuning uchun oʻrnatishda tizim ogohlantiradi — quyidagi yoʻriqnomaga qarang.
Boshqa tizimlar: Windows · macOS (Apple Silicon va Intel) · Linux (.deb / AppImage) · Android (APK)
Desktop nima beradi
Agent
Papkangiz bilan ishlaydi va har bir oʻzgarishdan oldin ruxsat soʻraydi.
+ hisobot.mdRad etishRuxsat berishLokal rejim
Internetsiz, kreditsiz, kompyuteringizning oʻzida (Ollama).
Lokal · internetsizTezkor tugmalar
Sichqonchasiz tez ishlang.
Ctrl/⌘ + NCtrl/⌘ + KCtrl/⌘ + Shift + LBildirishnomalar
Toʻlov tasdigʻi va agent soʻrovlari darhol.
Karvon AiAgent ruxsat kutmoqda
Oʻrnatish yoʻriqnomasi
Windows va macOS oynalaridagi yozuvlar tizim tili va versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin.
Faylni yuklab oling
Brauzer ogohlantirsa — «Saqlash» (Keep) → «Baribir saqlash» (Keep anyway).
Windows — tez oradaFaylni oching
«Windows kompyuteringizni himoya qildi» (Windows protected your PC) oynasida «Batafsil» (More info) ni bosing.
«Baribir ishga tushirish»
«Baribir ishga tushirish» (Run anyway) tugmasini bosing.
Oʻrnatish ustasi
Til → papka → [Oʻrnatish]. «Ish stolida yorliq yaratish» belgisini qoldiring.
Karvon Aiʼni oching
Birinchi ishga tushirishda boshlangʻich sozlash ochiladi.
Tizim talablari
Ilova (onlayn rejim)
- Windows
- Operatsion tizimWindows 10 / 11, 64-bit
- Protsessorx64
- InternetOnlayn rejim uchun kerak
- macOS
- Operatsion tizimmacOS 12 Monterey va yangi
- ProtsessorApple Silicon yoki Intel
- InternetOnlayn rejim uchun kerak
- Linux
- Operatsion tizimUbuntu 22.04+ / Debian 12+
- Protsessorx64
- InternetOnlayn rejim uchun kerak
Lokal rejim uchun (Ollama)
8 GB RAM
3–4B (masalan Llama 3.2 3B)
oddiy savol-javob, qisqa matnlar
16 GB RAM
7–8B (masalan Qwen 2.5 7B, Llama 3.1 8B)
umumiy ish, kod
32 GB RAM yoki kuchli GPU
14B va undan katta
sifatliroq, lekin sekinroq
Disk
har model uchun ≈ 2–10 GB
har model alohida joy egallaydi
Lokal modellarning sifati onlayn modellardan past boʻlishi mumkin. Oʻzbek tilidagi sifati modelga qarab farq qiladi.
Ollamaʼning oʻz tizim talablari bor — ollama.com/download da tekshiring.
Nima yangi
Oʻzgarishlar roʻyxati birinchi reliz bilan eʼlon qilinadi.
Koʻp beriladigan savollar
Ha. Faylni faqat karvonai.com dan yuklang va SHA-256 yigʻindisini solishtiring. Agent faqat siz tanlagan papkada ishlaydi va har bir oʻzgarishdan oldin ruxsat soʻraydi.
Ilova hali raqamli sertifikat bilan imzolanmagan. Shuning uchun tizim nashriyotchini tanimaydi. Imzolash keyingi versiyalarda qoʻshiladi.
Ha, Lokal rejimda — kompyuteringizga Ollama va lokal model oʻrnatilgan boʻlsa. Onlayn modellar, Auto va Karvon Ai Studio uchun internet kerak.
Onlayn suhbatlar — hisobingizda, serverda. Lokal suhbatlar — faqat shu kompyuterda, serverga yuborilmaydi. Ular shifrlanmagan — kompyuteringizga kira oladigan odam ularni oʻqiy oladi.
Ha. Saytdagi hisob, tarif, kreditlar va suhbatlar desktopda ham bir xil.
Windows: Sozlamalar → Ilovalar → Karvon Ai → Oʻchirish. macOS: Applications’dan Karvon Aiʼni Savatga tashlang. Linux: sudo apt remove karvon-ai (.deb) yoki AppImage faylini oʻchiring. Lokal suhbatlarni oldindan Sozlamalar → Desktop’dan tozalashingiz mumkin.