Asosiy kontentga oʻtish
Karvon Ai

Loyiha (draft). Bu matn — loyiha. U yurist tomonidan koʻrib chiqilmagan va oʻzgarishi mumkin. Xizmat hozir qanday ishlashini halol tasvirlaydi.

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 15-oktabr, 2026

Ushbu hujjat Karvon Ai xizmatlarini (obuna va kredit paketlari) sotib olish shartlarini belgilaydi. Toʻlovni amalga oshirish bilan siz quyidagi shartlarni toʻliq qabul qilasiz (aksept).

  1. 01Taraflar

    • Ijrochi: yakka tartibdagi tadbirkor [F.I.Sh.], STIR [...], manzil [...] (keyingi oʻrinlarda — «Ijrochi»).
    • Buyurtmachi: karvonai.com saytida yoki Karvon Ai ilovalarida roʻyxatdan oʻtgan va toʻlov qilgan har qanday shaxs.
    • Oferta Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy taklif hisoblanadi.
  2. 02Atamalar

    • Xizmat — Karvon Ai platformasida AI modellaridan foydalanish imkoniyati.
    • Kredit — xizmatdan foydalanish hisob birligi; har bir soʻrov modelning haqiqiy narxiga qarab kredit sarflaydi.
    • Obuna — oylik kredit beradigan tarif (Basic, Pro, Max). Paket — bir martalik kredit, oy oxirida yonmaydi.
    • Buyurtma — tanlangan tarif yoki paket uchun toʻlov soʻrovi.
  3. 03Narxlar

    • Narxlar saytda AQSh dollarida koʻrsatiladi. Soʻmda toʻlashda summa buyurtma yaratilgan paytdagi kurs boʻyicha qayd etiladi va 24 soat amal qiladi.
    • Narxga QQS kiritilmagan (QQSsiz): Ijrochi aylanma soliq toʻlovchisi.
    • Toʻlov tizimlarining komissiyasi narxga qoʻshilmaydi.
  4. 04Toʻlov

    • Toʻlov Payme, Click, Uzum Bank, Stripe orqali yoki kartaga oʻtkazma bilan qabul qilinadi.
    • Xizmat toʻlov tasdiqlangan zahoti avtomatik yoqiladi (kartaga oʻtkazmada — administrator tekshirgandan keyin).
    • Elektron chek toʻlov tizimi orqali beriladi.
  5. 05Avtomatik yangilash

    • Buyurtmachi oʻz xohishi bilan avtomatik yangilashni yoqishi mumkin: obuna tugashidan oldin saqlangan kartadan keyingi oy uchun yechiladi.
    • Yechishdan oldin ilovada ogohlantirish beriladi. Avtomatik yangilash Sozlamalarda istalgan payt oʻchiriladi.
    • Karta maʼlumotlari Ijrochi serverida saqlanmaydi — faqat toʻlov tizimi bergan token.
  6. 06Xizmatdan foydalanish

    Xizmatdan foydalanish qoidalari «Foydalanish shartlari» va «Maxfiylik siyosati» hujjatlarida belgilangan va ushbu ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

  7. 07Pul qaytarish

    Toʻlovdan keyin 3 kun ichida, kreditlar ishlatilmagan boʻlsa, pul qaytariladi. Batafsil — «Pul qaytarish shartlari» sahifasida.

  8. 08Javobgarlik

    • AI modellari javoblari xato boʻlishi mumkin; Buyurtmachi ularni oʻzi tekshiradi.
    • Uchinchi tomon provayderlarining (AI modellar, toʻlov tizimlari) uzilishlari uchun Ijrochi javobgar emas, lekin ularni tez tiklashga harakat qiladi.
  9. 09Nizolar va rekvizitlar

    • Nizolar muzokara yoʻli bilan, kelishilmasa — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
    • Ijrochi rekvizitlari: [...] (bank, hisob raqami, MFO — keyin toʻldiriladi).

Aloqa maʼlumotlari tez orada shu yerda eʼlon qilinadi.

Pul qaytarish shartlari →

Karvon Ai

Eng kuchli AI modellar — bir joyda.

  • Shablonlar
  • Qoʻllanma
  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Ommaviy oferta
  • Pul qaytarish

© 2026 Karvon Ai. Barcha huquqlar himoyalangan.

karvonai.com