Asosiy kontentga oʻtish

Ulagichlar: GitHub va Google Drive bilan ishlash

GitHub va Google Driveʼni Karvon Aiʼga ulash: fayllarni chatga biriktirish, javobni Google Docsʼga saqlash va jadvalni tasdiq bilan tahrirlash.

4 daqiqa oʻqishYangilangan:

Qanday ulanadi

Ulagichlar Sozlamalar → Ulagichlar boʻlimida. Kerakli xizmat yonidagi «Ulash» tugmasini bosasiz, xizmatning oʻz oynasida ruxsat berasiz va Karvon Aiʼga qaytasiz. Ulagichlar qaysi tariflarda ochiq ekani «Tariflar» boʻlimida koʻrsatilgan.

  • GitHub — faqat oʻqish uchun: repolardagi fayllar koʻriladi, Karvon Ai hech narsa yozmaydi va oʻzgartirmaydi.
  • Google Drive — faqat siz Google oynasida tanlagan fayllar (va Karvon Ai oʻzi yaratgan hujjatlar) ochiladi. Driveʼdagi boshqa fayllaringiz koʻrinmaydi.

Faylni chatga biriktirish

Xabar yozish maydonidagi biriktirish tugmasi orqali GitHub repodan yoki Google Driveʼdan fayl tanlang. AI Google hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar va matn fayllarini oʻqiydi va savolingizga shu asosda javob beradi.

Namuna soʻrov
Biriktirilgan jadvaldagi oylik xarajatlarni toifalar boʻyicha jamlab ber va eng katta uchta xarajatni koʻrsat

Javobni Google Docsʼga saqlash

Yoqqan javob ostidagi «Google Docsʼga saqlash» tugmasini bosing — javob Google Driveʼingizda yangi hujjat sifatida yaratiladi va uni darhol ochishingiz mumkin.

Asl faylni tasdiq bilan tahrirlash

Biriktirilgan Google Sheets yoki Docs faylini oʻzgartirishni soʻrasangiz, AI oʻzgartirishlarni taklif qiladi va ular alohida kartada koʻrsatiladi.

  1. Kartadagi oʻzgarishlarni koʻrib chiqing.
  2. Rozi boʻlsangiz — «Qoʻllash», aks holda «Bekor qilish» tugmasini bosing.
  3. «Qoʻllash»ni bosmaguningizcha faylda hech narsa oʻzgarmaydi.

Ulanishni uzish

Sozlamalar → Ulagichlar boʻlimidagi «Uzish» tugmasi ruxsatni istalgan vaqtda bekor qiladi. Oldin biriktirilgan fayllar suhbatlarda qoladi.

Koʻp beriladigan savollar

Karvon Ai Google Driveʼdagi hamma fayllarimni koʻradimi?

Yoʻq. Faqat siz Google oynasida tanlagan fayllar va Karvon Ai oʻzi yaratgan hujjatlar ochiladi.

AI faylimni oʻzi oʻzgartirib yuboradimi?

Yoʻq. Oʻzgartirishlar avval taklif sifatida koʻrsatiladi va faqat siz «Qoʻllash»ni bosganingizdan keyin yoziladi. GitHub esa faqat oʻqish uchun ulanadi.

Karvon Aiʼni sinab koʻring

Bepul roʻyxatdan oʻting va tayyor shablonlar bilan boshlang.

Bepul boshlash